Tuxmat qilgan aka
Assalomu alaykum! 2019- yil 6 fevralda onajonimlani onasi yani bumla olamdan o‘tti. Vaqt o‘tib 2 xolam buvimlani sandiqlarini ochib bir qopda pul ga o‘xshagan narsa bor edi hozir joyida yo‘q deb qolishdi. Tog‘amga etganida hamma pul joyida qopdayam pul boladimi deb u korgan narsasi pulmasligini aytgan. Vaqt o‘tib bir xolam tog‘amlani folbinga boshladila. Judayam kop qatnadi folbinga va natijada o‘sha folbin tog‘amni ham shu sandiqda pul borligiga ishontirdi. Boshida bu folbinning gaplarini barcha xolalarimdan yashirishdi. (8 ta xolam bor.)Keyin O‘z tog‘am qayodagi bir folbinning ochgan jirkanch foliga ishonib onajonimga "pulimni o‘g‘irlading" deb quruq tuxmat qildilar. Onajonimni Alloh oldida yuzlari yorug‘ InshaAlloh. Bunaqa jirkanch ishni onajonim qilmagan Alloh guvoh! Onam boshida etgan manga ishonmasez melitsiyaga beraylik, hal qilishadi degan. Tog‘am hop deb melitsiyaga beraman deb sandiq ochgan korchollonladanam, onamdanam ariza so‘rab yozdirvogan. Lekin nimadandir qo‘rqdimi melitsiyaga topshirmadi. Chunki tog‘amlabi o‘zi ham pul bor yoki yo‘qligini bilmidi va 1 ta bolsa ham guvohi yo‘q. Hozir 1 yildan oshdi barcha aloqalarni uzdi tog‘am. Uyida 80 yoshli onajonimlani otasi bor. Shu insonni korgani borishlariga ham qo‘ymayabti. Uyiga borgandik ko‘z oldimda tog‘am va o‘g‘li onajonimni urib, tepib, ko‘ylaklarini yirtib haydab soldi ko‘chaga. Og‘izdan chiqmagan gaplari qolmadi. Tog‘am do‘damlaga "o‘lganimda o‘ligimga ham kelmagin deb aytin, oq qildim deysiz" deb bosim o‘tkazvotti. Onajonim o‘ylab siqilib yuribtila. Joniga qasd qilmoqchi ham boldi bu tuxmatlarga chidolmasdan. Nima qilishni bilmayabman. Domlalar bilan gaplashdik hammasi bir xil gapni etishvotti-SABR! Siz nimani maslahat berasiz??? (Bu yozganlarim daryodan tomchi xolos.. Tuxmatlar judayam jirkanch va judayam kop. Alloh uchun yordam bera oladiganlar man bilan bog‘lanishsa degandim. Barchasini aytib berardim Yordam so‘riman sizlardan, yordam berilar iltimos Alloh uchun!)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan savol-javobni o‘qing https://savollar.islom.uz/s/58032
5 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan savol-javobni o‘qing https://savollar.islom.uz/s/58032
5 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar