Sochni faqat er-xotin "munosabat"i vaqtida o‘rish

Assalomu alaykum! Ayol kishi faqat eri uni "chorlagan" vaqtida sochini o‘rishi (shamollash xavfi bor deb g‘usl qilayotganda sochiga mash tortishi uchun) mumkinmi? Sochi elkadan pastroq tushgan holatda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin emas. Ommatan ayollar o‘rilgan sochga mash tortish joiz deb o‘ylashadi. Bu mutlaqo yuzga-yuz noto‘g‘ri fikr. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sochini o‘ta mahkam qilib o‘rib olgan onamizga sochni o‘rimini echmasdan yuvishga ruxsat berganlar. Ya’ni o‘rimini echib yuvish shart emas, echmasdan ham yuvishi joiz deganlar. Bizdagi ayollar esa o‘rilgan bo‘lsa boshga mash tortish joiz deb o‘ylashadi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar