Hashoratlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ilm ahli. Savolim hashoratlar haqida. O‘rgimchakni o‘ldirsang 40 ta gunohing yuviladi yoki 40 ta savob olasan, chayoni o‘ldirsang 7 ta savob, qovoq arini o‘ldirsang 3 ta savob olasan degan gapni ko‘p eshitganman. Shu gaplar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni o‘ldirishga ruxsat bor. Lekin 40ta, 7ta 3ta savoblari haqida aniq ma’lumot yo‘q ekan. حَدَّثَنَا أَصْبَغُ قَالَ: أَخْبَرَنِي عَبْدُ اللهِ بْنُ وَهْبٍ، عَنْ يُونُسَ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَالِمٍ قَالَ: قَالَ عَبْدُ اللهِ بْنُ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: قَالَتْ حَفْصَةُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «خَمْسٌ مِنَ الدَّوَابِّ لَا حَرَجَ عَلَى مَنْ قَتَلَهُنَّ الْغُرَابُ وَالْحِدَأَةُ وَالْفَأْرَةُ وَالْعَقْرَبُ وَالْكَلْبُ الْعَقُورُ». طرفه: 1827 - تحفة: 15804  Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo aytadi: «Hafsa dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Besh xil hayvon borki, ularni o‘ldirganga gunoh yo‘q: qarg‘a, kalxat, sichqon, chayon va qopag‘on it», dedilar». حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سُلَيْمَانَ قَالَ: حَدَّثَنِي ابْنُ وَهْبٍ قَالَ: أَخْبَرَنِي يُونُسُ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «خَمْسٌ مِنَ الدَّوَابِّ كُلُّهُنَّ فَاسِقٌ، يَقْتُلُهُنَّ فِي الْحَرَمِ: الْغُرَابُ، وَالْحِدَأَةُ، وَالْعَقْرَبُ، وَالْفَأْرَةُ، وَالْكَلْبُ الْعَقُورُ». طرفه: 3314 - تحفة: 16699 Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Beshta hayvon borki, ularning barchasi fosiqdir. (Hoji) ularni haramda ham o‘ldiraveradi: qarg‘a, kalxat, chayon, sichqon va qopag‘on it», dedilar». Izoh: «Fosiq» so‘zi «chegaradan chiqqan», «haddidan oshgan» degan ma’nolarni anglatadi. Shorihlarning aytishicha, bu erda u ikki xil ma’noni bildiradi: haddidan oshib, odamlarga zarar va aziyat etkazadigan jonivor; haram hududida o‘ldirilishi taqiqlangan barcha jonivorlardan istisno tariqasida ajrab chiqqan jonivor. Ushbu ikki rivoyatda nomi kelgan jonzotlar doimo zararkunandalik qilganlari uchun ularning yomonligidan saqlanish maqsadida ularni haramda ham, haramdan tashqarida ham, ehromdalik chog‘da ham, ehromda bo‘lmagan chog‘da ham o‘ldirishga ruxsat berilgan. Bu erda «haram» deganda Makkai mukarrama shahri atrofida maxsus chegara bilan o‘ralgan, shahar va uning atrofidagi ma’lum joylarni o‘z ichiga olgan mintaqa nazarda tutilgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: من قتل وزغة في أول ضربة فله كذا وكذا حسنة، ومن قتلها في الضربة الثانية فله كذا وكذا حسنة لدون الأولى، وإن قتلها في الضربة الثالثة فله كذا وكذا حسنة لدون الثانية.  رواه مسلم أبو داود و الترمذي Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim kaltakesakni bir urishda o‘ldirsa, u uchun falon-falon hasana bor. Ikki bor urishda o‘ldirsa, u uchun avvalgidan ozroq falon-falon hasana bor. Uch bor urishda o‘ldirsa, u uchun ikkichidan ozroq falon-falon hasana bor” dedilar". Muslim , Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.  عن عائشة رضي الله عنها قالت: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: من قتل وزغة محا الله عنه سبع خطيئات. رواه الطبرانى Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Kim kaltakesakni o‘ldirsa, Alloh uning ettita xatosini o‘chiradi”deyayotganlarini eshitdim" dedilar. Tabaroniy rivoyati. O‘rgimchakni o‘ldirsang 40ta gunohing yuviladi degan gap yo‘q ekan. Arini o‘ldirish haqidagi hadis o‘ta zaif ekan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar