Shifo duosi

Assalomu alaykum! Mening onam mana 1 yildirki og‘ir xastalikka chalinib yotibdilar. Namozlarimda shifo so‘rab duo qilayapman, namozdan boshqa vaqtda ham o‘qib yurishga biror duo bormiki, men uni ham o‘qib yursam. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُعَوِّذُ بَعْضَ أَهْلِهِ يَمْسَحُ بِيَدِهِ الْيُمْنَى وَيَقُولُ: اللَّهُمَّ رَبَّ النَّاسِ اذْهِبِ الْبأْسَ واشْفِ أَنْتَ الشَّافِي لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘z ahllaridan ba’zilarga panoh tilaganlarida o‘ng qo‘llari ila silab: «Allohumma! Robban-naasi! Izhibil ba’sa. Ishfi. Antash-shaafii. Laa shifa’a illaa shifaauka. Shifaan laa yug‘odiru saqman», der edilar». Ikki shayx rivoyat qilganlar. Duoning ma’nosi quyidagicha: «Allohim! Odamlarning Robbi! Shiddatni ketkaz! Shifo ber. Shifo beruvchi Sensan. Shifoingdan boshqa shifo yo‘q. Hech dardni qo‘ymaydigan shifo ber!» ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 225 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar