Nikohimizga qarshilar
Assalomu alaykum! Xo‘jaynimla bilan turmush qurishimizga onalari rozi emasdilar, garchi ibodatli odamlar bo‘lishsa ham mani xech qachon onalari ko‘rmaganlar, u oilada onalarini gaplari gap. Ikkimiz xam ajrashgan boshi ochiq odamlar edik, qo‘yarga qo‘ymay uylandilar, turmush qurdik juda katta va’dalar berilgan edi, endi onalari bilib qolib dod-dod rozi emasman ajrashasan dedilar, xo‘jaynim xam “onamni norozi qila olmayman” deb juda qiynalvotilar, nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gohida bir qadam orqaga tashlab keyin ikki qadam oldinga tashlashga ham to‘g‘ri keladi. Talog‘ini ber deb majbur qilinganda bir og‘izdan “taloqsan in shaa Alloh” desa onasini aytgani ham bo‘ladi, taloq ham tushmaydi. Chunki “in shaa Alloh” so‘zi “Alloh xohlasa” degan ma’noni bildiradi. Alloh esa bunga rozi ekanligi aniq emas. Ammo taloqsan bilan in shaa Alloh bir lafzda aytilishi shart. Avval taloqsanni aytib, nafas olib keyin in shaa Alloh ni aytsa taloq tushib qoladi. Qosh qo‘yaman deb ko‘zini o‘yib olishi mumkin. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush