Mazkur hadisga aniqlik kiritib bersangiz
Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari.Ustoz, men bir hadis eshitgandim, shunga aniq bir javob istadim.Iltimos, savolimga javob bersangiz. Hadis mazmuni shunday Payg‘ambarimiz sollallohu alauhi vassalam deganlar"Agar mendan keyin Payg‘ambar bo‘lishi mumkin bo‘lganda, aniqki Umar (roziyallohu anhu) bo‘lardi" degan mazmunda.Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Agar mendan keyin nabiy bo‘lganda, albatta, Umar ibn Xattob bo‘lar edi», dedilar».Termiziy rivoyat qilgan.Faqatgina Muhammad sollallohu alayhi vasallam oxirgi payg‘ambar bo‘lganliklari tufayli Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Payg‘ambar bo‘lmay qolganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Umar ibn Xattob roziyallohu anhu haqlaridagi bu gaplari oliy bir maqomning tasdig‘idir. Bu mislsiz oliy maqom faqatgina Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga nasib etgandir.
4 May 2022, 18:03 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar