Mahalla imomlari

Assalomu alaykum! Men Xorazmdanman. Bizning tomonlarda bitta qishloqda 5ta maxala bor xar birida bitta imom bor katta imom xam bor. O‘sha 5 ta imomni to‘ylarga 3-7-40 shunga o‘xshash marosimlarga chaqirishadi, Qur’on o‘qib duo xayr qilishi uchun. Ular bitta sura o‘qib ketishaveradi. Ularning vazifasi Allohning oyatlarini, qonun qoydalarini bizning tilda tushuntirib xalqqa etkazish emasmi? Ulardan aroq xaqida so‘rasalar ichaveringlar deydi. Sizchi ichmaysizmi desalar man ruldaman o‘zlaringiz ichavering dedi. Shu payti men imomga insonlarga oyat xadislardan va bilganlarimdan aytib tushuntirsam bo‘ladimi? Dadam tashviqot tarqatma deydi. Men nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imomlarning javobgarliklari o‘ta og‘ir. Chunki masjid ularning faoliyat yuritish joyi hisoblanadi. Ular masjidga keluvchilarni tahorat, namoz, aqiyda va kasb korlaridan mas’ullar. Imomlar o‘z xududidagi kishilar ko‘proq qaysi kasb bilan shug‘ullansalar o‘sha kasbning halol haromi bilan tanishtirishga majburlar. Oilaga tegishli masalalarni uzluksiz bayon qilib turishga ham majburlar. Alloh taolo juma namozida xutbani farz qilgan. Xutbaning vazifasi keyingi xaftagacha yig‘ilgan qavmni iymonini charxlashi, tushunarliroq qilib aytsak ularni zaryadlab turishi farzdir. Shuning uchun xutbasiz juma namozi juma bo‘lmaydi. Odatda xutbalar arabacha o‘qilgani uchun odamlar tushunmay qolishmasin deb maruza qilish joriy qilingan. Imomlarning holati haqiqatan shunday bo‘lsa O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasiga yozing. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 188 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar