Zakot o‘rniga o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Mening har oygi oyligimdan davlat hisobiga daromad solig‘i va inps sifatida pul mablag‘i ushalib boriladi. Shu pullarni men har bir musulmon o‘z daromadidan to‘lashi kerak bo‘lgan zakot sifatida ko‘rsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi hadisda qiyomatga yaqin kishilar holis Allohning roziligi uchun ado qilinadigan zakotni odamlar soliq to‘lovi darajasiga tushirib olishlari zikr qilingan. Zakot ko‘ngildan chiqarib, ixlos bilan mollarning eng pokizasidan savob umidida ado qilinadigan faqirlarning haqqidir. Bu to‘lovingiz zakot o‘rniga o‘tmaydi. عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا اتخذ الفيء دولا والأمانة مغنما والزكاة مغرما وتعلم لغير الدين وأطاع الرجل امرأته وعق أمه وأدنى صديقه وأقصى أباه وظهرت الأصوات في المساجد وساد القبيلة فاسقهم وكان زعيم القوم أرذلهم وأكرم الرجل مخافة شره وظهرت القينات والمعازف وشربت الخمور ولعن آخر هذه الأمة أولها فليرتقبوا عند ذلك ريحا حمراء وزلزلة وخسفا ومسخا وقذفا وآيات تتابع كنظام بال قطع سلكه فتتابع رواه الترمذي Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “O‘ljani(mansab egalari) o‘zlariga molu davlat qilib olsalar, omonatni o‘zlari xohlagandek tasarruf qiladigan narsa qilib olsalar, zakotni soliq manzilida ko‘radigan bo‘lsalar, shar’iy ilmlar dindan boshqa(mol-dunyo topish uchun) o‘rganilsa, er xotiniga itoat qilib onasiga oq bo‘lsa, do‘stini yaqin tutib otasini o‘zidan uzoq tutsa, masjidlarda ovozlar ko‘tarilsa, qabilaga ularning fosig‘i boshchilik qilsa, qavmning yo‘lboshchisi ularning eng razili bo‘lsa, kishini yomonligidan qo‘rqib hurmat qilinsa, qo‘shiqchi qizlar va musiqa asboblari zohir(ko‘paysa) bo‘lsa, xamrlar ichilsa, bu ummatning oxiri avvalgilarini la’natlasa, qizil shamol, zilzila, er yutish insonlarning tashqi ko‘rinishlari hayvonlar suratiga kirib qolish, vayron qilishlar, so‘kinguvchi bo‘lib qolish va yana ipi uzilgan marjon ketma-ket sochilib ketganidek alomatlarni kutaveringlar” dedilar. Termiziy rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar