Sotib olingan er masalasi!

Assalamu alaykum Shayx Hazratlari! ALLOH umringizni uzoq qilib, xalqimiz uchun qilayotgan xizmatlaringizni foydali, samarali va eng asosiysi, davomli qilsin! Kirib kelgan Ramazon oyi barchamiz uchun xayrli kelsin! Hazrat bir vaziyatga oydinlik kiritib bersangiz. Xabaringiz bo‘lsa kerak, yurtimizda faoliyat yuritayotgan dehqon fermerlar yoz faslida bug‘doydan bo‘shagan erlarni ishchilari uchun ikkinchi ekinga ajratib beradi. Ayrim fermerlar erni ijaraga berish orqali pul ishlashadi. Bizning qishloqda shunday vaziyat yuz bergan: bir akaxon qishda fermerdan erni pulga ijaraga (1 gk 300 ming so‘m) olgan. U akaxon o‘sha erni yozda boshqa tanishiga 500 ming so‘mga sotgan. Xullas, erni 500 ming so‘mga sotib olgan akaxon riboga aralashib qolmadimmikan, deb boshi qotgan. Ilmli bir kishidan so‘rasak, mumkinmas dedi. Sababini quyidagicha izohladi. Er 500 ming so‘mga sotgan akaxonniki emas. U fermerdan ijaraga olgan. Boz ustiga, fermerga ham hukumat ko‘p yilga ijaraga bergan. Qisqasi, er xususiy emas. O‘ylashimcha, vaziyatni aniq tushuntirdim. Aytgancha, erni fermerdan qishda 300 ming so‘mga olib, yozda tanishiga 500 ming so‘mga sotgan vaziyatni quyidagicha izohlayapti: “Agar qishda o‘sha 300 ming so‘mga chorva moli olib qo‘yganimda hozir yaxshigina pul ishlagan bo‘lardim”. Hazrat, shu vaziyatga oydinlik kiritib bersangiz. Oldin javob uchun kotta RAHMAT! ALLOH hech birimizni hidoyatidan ayirmasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ijaraga olgan narsani sotib bo‘lmaydi. Ijaraga olgan narsani egasining roziligisiz boshqaga ijjaraga ham berib bo‘lmaydi.

5 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 149 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar