Grin karta to‘ldirish va ishtirok etish

Assalomu alaykum! Shayximiz xazratlarining 2 savolga javoblari baxsga sabab bo‘ldi. Shayximizdan katta olim bormi, ulardan keyin berilgan javoblar o‘tmaydi deb grin karta xaromga chiqarilyapti. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar. Grin kartani to‘ldirish unda ishtirok etish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Grin kart sohiblari bu ishlarni butun dunyodan eng ziyoli va biror sohaning etuk mutaxassisi bo‘lgan kishilarni o‘z mamlakatlariga jalb qilish uchun tashkillashtirishgan. Albatta goh gohida nima maqsaddaligini tushunmadik mutlaqo sodda va mutaxassis bo‘lmagan kishlarni ham jalb qilishadi. Ustozimiz rahimahulloh diyorimizdan bunday mutaxassislarni ketib qolib, qoloqlikni oldini olishni ko‘zda tutgan bo‘lsalar kerak. Bu ishni mutlaqo haromga chiqarib qo‘yish Ustozimizdan sodir bo‘lgan emas. O‘sha savollarga e’tiborga bergan bo‘lsangiz ularning birida “pul tikib” degan noto‘g‘ri ma’lumot berilgan. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar