Yunus Emrodagi salomlashgandagi egilish

Assalomu alaykum! Yunus Emro serialining 16-qismida Toptiq Emro " Pirlar ashuroda 12 xil mahsulotli taom pishirishadi. Bu 12 imomlarimizga dalolatdir" deb aytadi va 17-qismida uyda yo‘qlarga xam eshigi oldida ashuro taomini qoldiringlarki hazrati Husayn afandimiz yodlariga tushsin deb aytgan. Bu serialni ko‘rish joizmi, e’tiqodimizga to‘g‘ri keladimi? 2. Serialda salomlashganda, ko‘rishganda egilaveradi nima uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘sha e’tiqodi noto‘g‘ri. Egilaverish ham shariatga muvofiq emas.
2). Islom shariati qo‘l berib ko‘rishishga ruxsat bergan. Alloh taoloning ibodatini qilayotgan holatdagi ko‘rinishlardan ruku’, sajda, qiyomda qo‘l bog‘lab turish kabi harakatlarni Alloh taolodan o‘zgalar oldida qilishdan qaytargan. فصل [حكم الانحناء عند التحية] وأما الانحناء: عند التحية فينهى عنه؛ كما في الترمذي «عن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، أنهم سألوه: عن الرجل يلقى أخاه [أ] ينحني له؟ قال: لا » مجلة البحوث الإسلامية Salom berish vaqtidagi egilishning hukmi to‘g‘risida kelgan faslda:
“Salom berayotgan vaqtda egilib salom berishdan qaytarilgan. Sahobalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: “Kishi birodariga yo‘liqqanda (salomlashish uchun) unga egilsa bo‘ladimi?” deb so‘radilar. Shunda u zot “Yo‘q” dedilar (“Majallatul buhusil islamiya”).
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, insonning insonga ikrom niyatida qilgan ta’zimi insonning Allohga qiladigan ibodat ta’zimi suratida bo‘lmasligi kerak.
Hozirgi kunimizda ham o‘zbeklarning urf-odatlariga qo‘shilib ketgan ba’zi bir urflar bor. Masalan, “kelin salom”dagi kelinning boshqalarga ta’zim qilishi ham xuddi namozda Alloh taologa ruku’ qiladigan darajada egilishga o‘xshaydi. Kelinning boshqalarga ta’zim shaklidagi salomi xalqimizning chiroyli va o‘ziga xos odatlaridan bo‘lsada, ta’zimda ruku’ darajasigacha egilmaslikka e’tibor qaratsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vallohu a’lam! Muhammad Shafi’ Usmoniy rohimahulloh  “Ahkamul Qur’an”

5 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 160 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar