turmush fazilati

Shayx hazratlari! Sizning kitoblaringizni Alloh qodir qilganicha o‘qiyman “Baxtiyor oila” kitobini to‘la o‘kib chiqtim va savol to‘gildi. Uylanish arafasida turipman insho Alloh. Kelin kiyovning birinchi kechada yolgiz va uxlab qolmasliklari kerak degan bir urf bor bizning o‘lkalarda va o‘sha kechasi ammalar, yangalar va xattoki xollalar birga qolishadi, bunga shariatning hukmi qanaqa? Ikkinchi savolim “kelin salom” degan yana bir odati bor. Unda kelin salom berishda ruku qilish darajasigacha borish etimoli bor bu xaqdaham shariatning hukmini bilmokchi edim. Javobingiz uchun rahmat. Alloh siz va bizlardan rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Uxlab qolmaslik, yolg‘iz qolmasli haqidagi gaplar shariatda yo‘q. Kelin salom ham yo‘q. Urf deyilsa, ruku’ga o‘xshatmay salom bersin.

26 May 2022, 21:37 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar