Qazo ro‘zasining tutilishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir oy ro‘za davomida qoldirigan bir necha kunlik ro‘zalarning birinchi kuni uchun ketma-ket 60 kun, qolgan kunlari uchun esa 1 kundan qazo ro‘za tutib beriladi deb eshitgan edim. Agar shunday bo‘lsa 60 kunni niyat qilsayu orada tutolmay qolsa, shu tutilgan ro‘zalar ham qazo o‘rniga o‘tadimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qasddan ochilgan ro‘zalar uchun 60 kundan kafforat tutiladi. Agar tutmasdan qoldirgan bo‘lsa bir kuniga bir kundan qazo tutib beradi. 60 kun kafforat tutayotganlarda qolib ketsa ayollarni hayzi uchun qolsa zarari yo‘q, to‘xtataganidan keyin kelgan joyidan davom ettiradi. Boshqalar esa yana avvalidan boshlab tutib keladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar