Marketingda ishlasam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! New York shahridagi bir do‘konga onlayn ishga kirmoqchiman. Bunda ular menga bir tovarni rasmi va sifatlarini ko‘rsatishadi. Men unga reklama yarataman va onlayn platformaga qo‘yaman. Odamlar ko‘rishadi va menga murojaat qilishadi. Buning uchun menga oylik to‘lanmaydi, faqat sotgan narsamni oldindan kelishilgan aniq 1-2 foiz qiymatini berishadi. Misol uchun, 100$ lik atir sotsam menga 2$ tegadi. Bu ishni qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatda iste’moli joiz narsalar bo‘lsa ishlashingiz joiz. Reklamalaringizda ham noshar’iy narsalar va rasmlar bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar