Do‘stim plastik jarroh(mammolog) bo‘lmoqchi

Assalomu alaykum! Men tibbiyot talabasiman bir do‘stim plastik jarroh(mammolog) bo‘lmoqchi. Shu sohani tanlasa mammaplastika, vaginaplastika(qinni toraytirish), qorindagi ortiqcha yog‘larni olish va shunga o‘xshash yuzdagi burun, qovoqlarni o‘zgartish ishlari bo‘ladi. Bunda shariatni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi amaliyotlarni faqatgina jiddiy zarurat taqozo qilganida amalga oshirish mumkin. Amalga oshirganda ham bu ish ayol shifokorning qo‘lida bo‘lishi shart. O‘sha do‘stingiz kim ekanini yozmabsiz. Agar o‘g‘il bola bo‘lsa boshqa kasbni tanlasin. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 137 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar