Hidoyat Allohdan

Assalamu alaykum qadrli Ustoz.Ustoz mening dadam men esimni tanibmanki ichadilar. Mana 53 yoshga to‘ldilar. Alloh bizlarni hidoyatga boshladi. Shundan beri dadamga bu ichkilikni tashlash, Allohga qullik qilish kerak ekanligini turli yullar bilan tushuntirib kelmokdamiz. Dadam hurmat qiladigan insonlardan yordam so‘radik. Baribir foydasi bo‘lmadi. Qanday ham foydasi bo‘lsin. Ularning o‘zi ham hidoyatdan yiroqda. Men qo‘rqamanki, Alloh dadamning jonini shu holatda olmasin. Ustoz yaqinda Allohning O‘zi qalbimga bir fikr berdi. Dadam kitob o‘qishni yaxshi ko‘radilar. Shunga sizning kitoblaringizdan olib, hadya kilsammikan, maslahat bering. Ustoz qaysi kitoblaringizdan hadya qilay? Dadamning haqqiga duoda bo‘ling, iltimos, Ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juda ham yaxshi bo‘ladi. Ajab emas, Alloh hidoyatga boshlab qolsa.

5 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 144 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar