Chet eldagi go‘shtlar
Assalomu alaykum! Men chet elda o‘qiman va ko‘plab o‘zbeklar chet elda hozirgi kunda va men yashayotgan shaxarda halol go‘sh yo‘q. Bu erda faqat shu xalq aholisi yashaydi. Faqatgina men ishlayotgan oshxona egasi arab, u ham musulmon, besh vaqt namozini o‘qidi. U aytadiki tovuq go‘shti va boshqa go‘shtlarni Bismillah deb eyilsa harom hisoblanmaydi va ko‘pchilik o‘zbeklar O‘zbekistonda ham tovuq go‘shti aparatda so‘yiladiku deyishadi. Shunga cho‘chqa qo‘shilmagan jamiyki go‘shtlar halol bo‘ladimi? Hatto bebismillah so‘yilsa ham bismilloh deb eyilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bismillah aytilmasa halol bo‘lmaydi. Alloh taolo “An’om” surasida quyidagicha marhamat qilgan: وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ 121. Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar