Qiroatdagi o‘zrlilik
Assalomu alaykum! Men yoshligimda "R" harfini ayta olmaganman. Lekin 6-7 sinfga kelib ko‘proq harakat qilib, uni aytishni o‘rganib oldim. Muammo shundaki bu harf menda boshqalarniki singari qiynalmasdan , tiniq, ravon chiqmaydi. "r" harfi bilan birga "sh" tovushiga o‘xshash shovqin ham chiqadi. Hozir tajvid qoidalarini o‘rganyapman Alhamdulillah. "R" harfini takrir , yo‘g‘onlik , bayniyya sifatlarini chiqarishda qiyinchiliklarga duch kelyapman. Ko‘pincha "ro" tashdidli bo‘lib kelganda bitta , yoki aksiga olib 3-4 ta chiqib ketadi. Ba’zida bittayam chimqasdan til tanglayga yopishib qoladi(ayniqsa maxfiy qiroatda). Bunday vaziyatlarda namozda kalimani har safar qaytadan aytishim kerakmi yoki davom etib ketaverishim kerakmi(ma’nosi o‘zgarib ketadimi deb qo‘rqaman)? 2. Man shu holatimda ukalarimga imom bo‘lib namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chiqmagan bo‘lganda qaytaring, agar boringiz shu bo‘lsa to‘g‘rilashga harakatda bo‘lib ungacha o‘qishda davom eting. Agar ma’noga xalal beradigan darajada bo‘lsa, imomga o‘tmaganingiz yaxshi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 01:42 | Savol-javoblar | 152 | Qur’oni karim