Ayolning xuni qiymati

Assalomu alaykum! TASODIFIY O‘LIM @Savollar_kanal 7539-savol Assalomu alaykum! Bir tanishim kutilmagan holda yoshi katta onaxonni moshinasida urib o‘limiga sababchi bo‘ldi. Onaxonni barcha marosimlarida qo‘lidan kelganicha qatnashdi. Rahmatli onaxonni vorislari akamizni sudda davo qilmasligi uchun 3500 dollar soramoqda. Pulni bersa sudda davo qilmasligi aytishibdi. Men unga berish kerak degan fikrni aytdim. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? JAVOB: – Va alaykum assalom! Onaxonni xuni 500 dinor. Bu hozirgi kunda 50.000 dollarga yaqin. Shu pulni berish o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘sha odamning zimmasiga shart. Bermasa qiyomat kunida qarzdor hisoblanadi. Agar 3500 ga rozi bo‘lishsa, zimmangizdan soqit bo‘ladi. Vallohu a’lam! Shu fatvoilaga izox kere kanaka izoxki shu 500 dinor digan joi kaysi manbada kegan izox berib otsela..
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Xato qatl va uning hukmlari.
Xato qatl amaldagi yoki qasddagi xato tufayli bo‘ladi. Mo‘ljalga otganda odamga tegib ketishi, ov yoki harbiy deb otsa, musulmon chiqishi kabi. Shuningdek, xatoning o‘rniga o‘tadigan narsalar bilan bo‘ladi. Misol uchun, uxlab yotgan odam boshqaning ustiga qulab tushib, o‘ldirib qo‘ysa, xato qatl bo‘ladi. Xato qatlda kafforat va oqilaga diya bor.
Bu qatlning hukmi ham albatta, aniq dalillarga asoslangan.
Alloh taolo Niso surasida: وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلاَّ خَطَئًا وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَئًا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَى أَهْلِهِ إِلاَّ أَن يَصَّدَّقُواْ «Mo‘min mo‘minni o‘ldirishi mumkin emas. Faqat yanglishib (o‘ldirsa, mustasno). Kimki mo‘minni yanglishib o‘ldirib qo‘ysa, bas, unga bir mo‘min qulni ozod qilish va (o‘lganning) ahliga taqdim etiladigan xun (vojibdir)», degan (92-oyat). عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: فِي دِيَةِ الْخَطَإِ، عِشْرُونَ حِقَّةً، وَعِشْرُونَ جَذَعَةً، وَعِشْرُونَ بِنْتَ مَخَاضٍ، وَعِشْرُونَ بِنْتَ لَبُونٍ، وَعِشْرُونَ بَنِي مَخَاضٍ ذُكُوراً . رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xato tufayli odam o‘ldirishning xuniga yigirmata hiqqa (uch yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata jaza’a (besh yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata binti maxoz (bir yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata binti labun (ikki yoshli urg‘ochi tuya) va yigirmata banu maxoz (bir yoshli erkak tuya)», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: مَنْ قُتِلَ فِي عِمِّيَّا فِي رَمْيٍ، يَكُونُ بَيْنَهُمْ بِحِجَارَةٍ، أَوْ بِالسِّيَاطِ، أَوْ ضَرْبٍ بِعَصًا، فَهُوَ خَطَأٌ، وَعَقْلُهُ عَقْلُ الْخَطَإِ، وَمَنْ قُتِلَ عَمْدًا، فَهُوَ قَوَدٌ، وَمَنْ حَالَ دُونَهُ، فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ وَغَضَبُهُ، لَا يُقْبَلُ مِنْهُ صَرْفٌ وَلَا عَدْلٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim to‘s-to‘polon ichida o‘zaro tosh otish, qamchi yoki aso bilan urish asnosida qatl etilsa, xato hisoblanadi. Uning xuni xatoning xunidir. Kim qasddan o‘ldirilsa, qasos olinadi. Kim buni to‘smoqchi bo‘lib nizo qilsa, unga Allohning la’nati va g‘azabi bo‘lur, undan farz ham, nafl ham qabul qilinmas», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Ommaviy to‘polonlarda o‘lgan odamlar xato tufayli o‘ldirilganlar qatoriga kiradilar. Unda ko‘pchilik aralashib ketib, kim-kimni urganini bilib bo‘lmay qolsa, urish esa tosh otish, qamchi yoki aso bilan bo‘lsa, shu hukm chiqariladi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar