Familyani almashtirish

Assalomu alaykum! Turmushga chiqqan qiz (ayol) o‘z familiyasidan voz kechib, erining familiyasiga o‘tishi shariatga zid amal. Bu ish nasabni o‘zgartirish bo‘lib qoladi. Chunki familiya bu ota tomondan keladigan, kishining qaysi nasabdan ekanligini bildiradigan nomdir. So‘nggi 40-80 yilda urfga aylangan bu odatdan voz kechish kerak. Zero, erning familiyasiga o‘tish qonuniy jihatdan ham majburiy emas, ixtiyoriy ish bo‘lib, bu bizga Rossiya vositasida g‘arbdan kirib kelgan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir jihatdan to‘g‘ri. Yana bir jihatdan esa erining familiyasiga o‘tgan ayol o‘zining bobosidan voz kechib erining bobosini otaligini davo qilmaydi. Shariatda esa o‘sha davo qilish nojoizdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:14 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar