Shubxali taom

Assalomu alaykum! Men ishlayotgan korxona xududidagi mevali daraxtlarning mevasidan iste’mol qilish men uchun halol xisoblanadimi yoki shubxali xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mevali daraxtni ko‘chatini olib kelib ekkan odam nima degan bo‘lsa shu bo‘ladi. Kim esa savobi ekkuvchiga bo‘lsin degan bo‘lsa eyish joiz. O‘zim mevasini sotaman desa uning haqqi bo‘ladi. Har bir xonadon ko‘chadan darvozasining yoniga ekkan daraxtning hukmi ham shu. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 197 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar