G‘usl xaqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, uzr noo‘rin savol bo‘lsa lekin bilmoqchidim. Men uyqumda tush ko‘rib junub bo‘pqoli dedim, uyg‘onib qolib o‘zimni ushlab qoldim, lekin uyg‘onganimdan keyin azgina nimadur chiqdi. Maziymi yoki maniymi bilmiman. Endi g‘usl qilamanmi yoki uyg‘onganimdan keyin chiqqani uchun qilinmidimi?
2). Agar erkak kishi junub bo‘lsayu, lekin bomdod namoziga vaqt ozgina qolgan bo‘lsa, g‘usl qilsa namoz qazo bo‘lishi mumkin qanday yo‘l tutadi? Namozmi yoki g‘usl? Javoblar uchun oldindan rahmat, Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). G‘usl qilinadi. 2). Tezroq g‘usl qilasiz va namozni o‘qiysiz. Agar vaqt juda oz qolgan bo‘lsa namozni farzini o‘zini bo‘lsa ham o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar