Ulashish
Assalomu alaykum! Allohga shukr 5 vaqt namoz, hamda o‘zini yo‘lida yuradigan bandalar qatoriga erishtirmokda. Ozmi ko‘pmi o‘z bilganlarimni yon atrofimdagilarga aytib, benamozlarni namozga chorlab ustomiz Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf hazratlarini eshitib bilib, o‘zaro yig‘ilishda shularni aytayotganimda bir kishi “Menga qarang, sizni go‘rizga men, meni go‘rimga siz kirmaysiz. Siz qiyomatda menga ozgina bo‘lsa ham savobizdan bermaysiz”, deb izza qildi. Zero Shayx Hazratlari bilganlaringizni mo‘’min birodarlaringiz bilan baham ko‘ring deganlarku. Men noto‘g‘ri yo‘l tutdimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz bu ishni to‘xtatmang. Ammo har bir ishni o‘z uslubi va ilmi bo‘lganidek, etkazish ilmi va uslubini ham o‘rganing. “Men haqni aytayapman”, deb boshiga urgandek qilib etkazmang. Insonlar bilmagan narsasini dushmani bo‘ladi. Biror kishi chet mamlakatga borganida u erning eng mazali tansiq bo‘lgan taomini birinchi bor ko‘rganida sevib eb ketolmaydi. Ozgina-ozginadan eb ko‘nikma hosil qilgach keyingi bor borganida o‘sha taomni qidirib qoladigan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar