Shuni sotib olishim halolmi?

Assalomu alaykum! Men bir kiyim sotadigon saytdan kiyim oldim, u saytda olgan narsamning pulini 3 oyda hech qanday qo‘shimcha to‘lovlasiz to‘lasamham bo‘ladi ekan, masalan 300 dollarlik narsa olsam boshki to‘lov qilmaymanda lekin har oyda 3 dan 1 qismini ya’ni 100 dollarni to‘lashim kerak. Meni shubhaga solgan narsa saytda agar men 3-bosqichlik(yuqoridagi) to‘lovni biron bir oyda o‘z vaqtida to‘lamasam, butun qoldiq foiz stavkasi bo‘yicha yillik 29,9% (standard stavka ) bo‘yicha olinar ekan. Balans standart stavkaga o‘tsa, u orqaga qaytmas ekan. Men har qanday oyda 3-bosqichli to‘lovdan ko‘proq yoki kamroq to‘lashni tanlasam bo‘lar ekan, lekin men kamida Minimal o‘sha bitta oy uchun belgilangan pulni belgilangan vaqdta to‘lashim shart ekan, agar to‘lamsam, meni hisob qaydnomam qarzdor bo‘lib qolar ekan va bu mening kredit reytingimga ta’sir qilib qolar ekan. Lekin men hammasini vaqtida oshiqcha pulsiz to‘layman. Savolim shu kiyimlarni shu qoyida bo‘yicha olsam halol bo‘ladimi? Ko‘pligi uchun kechirasiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘ying, shubhasiz, halolidan olib qo‘yavering. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 08:39 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar