Qarindoshlar to‘yi
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda spirtli ichimliklarsiz to‘ylarimiz kamdan-kam bo‘lmoqda. Men anchadan beri aroq qo‘yiladigan to‘ylarga bormay qo‘yganman hatto yaqin qarindoshlarnikiga ham. Biroq ahli ayolim bunday fikrga qarshi, ayolim ham namoz o‘qiydi. Men anchadan beri ayolimni davat qilib kelaman, ayolim so‘zimni ikki qilmaydi Alloh rozi bo‘lsin. Spirtli ichimliklar qo‘yib to‘y qiladigan yaqin qarindoshlarning to‘ylariga borma desam dinimizda qarindosh urug‘dan ayrilma degan masalani ro‘kach qilib olmoqda. Ko‘nglini og‘ritmaslik uchun hozircha indamay kelyapman. Shu qilayotgan ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarindosh urug‘lar haqidagi gapni to‘g‘ri aytibdi. O‘sha narsalar qo‘yiladigan kunida bormasdan boshqa kuni borsin. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush