Qurbonlikni 3-kuni so‘yish
Assalamu alaykum! Bir kishi(ahli ilmlardan) aytib qoldi qurbonlikning 3-kuni bozordan jonliq olib so‘ysa qurbonlik qilish bo‘ynidan soqit bo‘larkanu, lekin go‘shtini o‘zi emay butunligicha sadaqa qilib yuborar ekan. Shu gap qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qachon olib so‘yishning farqi yo‘q, muhimi hayitning birinchi kuni hayit namozidan so‘ng to uchinchi hayit kuni quyosh botishidan oldinroqgacha so‘ysa bo‘ldi. O‘zi ham eydi, xohlasa boshqalarga ham tarqatadi. Agar o‘sha kunlarda so‘ya olmasa qurbonlikka kech qolgani uchun o‘rtacha bir qo‘yni pulini sadaqa qilib yuboradi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:15 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar