O‘qishni saqlab qolish

muhtaram ustoz,Man musofir yurtlarda ishliman. Bu erda yashab ham ishlash mani talablarimni hozircha qoniqtiradi. Faqat bir muammo bor, har yili shu muammoga duch kelaman.Man 3 yil oldinToshkentdagi Oliy O‘quv yurtlaridan birida magistraturaga (byudjetga) qabul qilingandim. Birinchi o‘quv yilini tugatmasimdan chet elda ishga qabul qilishdi. Men ota-onam va rahbarim bilan maslahatlashib, kasalligim haqida ma‘lumotnoma to‘g‘irlab, chet elda davolanyapman degan ariza bilan akademik ta‘til oldim. Aslida soppa-sog‘man. Chunki faqat shu sabab bilan byudjetda o‘qishimni saqlab qolish va qaytib kelib davom ettirishim mumkin ekan. Mana 3 yildirki har o‘quv yilining boshida huddi shu yo‘l bilan akademik ta‘tilni muddatini cho‘zdiraman. To‘g‘risini aytsam byudjetga ilinish uchun va akademik ta‘til olish uchun pora ham aralashgan. Ishimni tashlab qaytib borib o‘qiyman desam, ishlamasam bo‘midi. Ham ishlab ham o‘qisam yana poraga borib taqaladi. Uydegilar nima qilib bo‘saham o‘qishini tashlamisan deyishyapti. Hozirgi holatimni yashiligini hisobga olib o‘qishimni tashlaganim yahshimi yoki qaytib borib o‘qiganimmi? Javobiz uchun oldindan rahmat.P.S. Hatolarimni tushunib tavba qiganman va bunda sizni hizmatlariz katta.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘qigan.

5 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 133 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar