Otamning maoshlari va halol ish

Assalomu alaykum! Otamning maoshlari biz uchun xalolmi? Otam zavodda, smenada quyidagicha grafik bo‘yicha ishlaydilar: 1-kun: ertalabdan kechgacha ish 2-kun: kechqurundan ertalabgacha ish. 3-kun: dam kechkurun (tepadagi "2-kun") ishlashlashlari kerak bo‘lganda ishxonada bir necha soat uxlaydilar. Va mening fikrim bo‘yicha katta boshliqlari bunga qarshi - ishchilar uxlamasligi uchun tekshiruvchilar yuboriladi. Otamning ushbu tarzda ishlab topgan pullari shar’an voyaga etgan farzandlariga xalol bo‘ladimi? 2-savolim: Qanday yo‘l tutay? Men ishlamoqchiman. Yoshim 17 da. Berilayotgan maoshim mendan oldin xalol yo‘l bilan topilganmi yo‘qmi bilmasam,(surasam yolgon ishlatishlarini extimoli bo‘lsa) Nima qilsam bo‘ladi? Shu kabi xalol yoki xaromda shubxaga borilmaydigan- aniq xalol ishlarni bilsangiz tavsiya etolasizmi? 1-savolga harom deb javob bergan bo‘lsangiz: 3-savolim: Uydagi pishir kuydir, yig‘ishtirish kabi ishlarni menga ota onam buyurishadi. Otamning maoshlariga esa uydagi deyarli hamma narsa kelgan, kiyimlardan tortib ovqat va suv, elektrgacha. Menga bu kabi shubhali yoki harom ishlarga buyurishganda uzr so‘rab qilmasligim joizmi? 4-savol: Men hozircha ishlamayapman, harom pul bilan to‘langan suv, elektr, narsalardan foydalanib tahorat olaman, namozlarimni o‘qiyman. Ular qabul qilinmayaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-3-4) O‘sha ishlamay berkitiqcha uxlab o‘tkazib yuborgan qismi uchun oladigan puli halol emas. Uning miqdori oz ekan. Shuning uchun sizlar eyayotgan qismingiz halol bo‘lagidan deb qaraysizlar. 2) Harom puldan oylik to‘lashlari aniq bo‘lsa yoki shunga gumoningiz g‘olib kelsa unday ishda ishlamaysiz. Bunday boshqa asossiz gumonlarga parvo qilmaysiz. Siz bilmagan holda harom pul olib qo‘ysangiz harom egan hisoblanmaysiz. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 13:47 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar