O‘lim bo‘lgan xonadonda

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda kaynonam olamdan o‘tdi. Shunga oid savollar bilan murojat qilmoqchiman.
1). O‘lgan kuni tunda zarurat yuzasidan xo‘jayinimni kiyimlarini yuvishimga to‘g‘ri keldi. Buni bilganlar 3 kungacha kir yuvish mumkin emasligini aytishdi. Emishki “yo‘qsa o‘lganning og‘ziga mag‘zava kiradi” deyishdi.
2). O‘lim bo‘lgan xonadonda qirq kungacha tuxum eyish ham mumkin emas ekan.
3). O‘lgan kuni behining shoxidan sindirib tunda suvga solishyabdi. Kunduzi olib qo‘yishyabdi. Iltimos shular to‘g‘risida bizga ma’lumot bersangiz. Bu narsalarga amal qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularning barchasi safsata bo‘lib, shariatga hech qanday aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 136 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar