Shu ish to‘g‘ri bo‘lganmi
Assalomu alaykum! Bundan ancha yillar oldin bir tanishimdan qarz olib ishga borib kelish uchun qimmatroq zamonaviy velosiped sotib oldim. Bir yaqin do‘stim bor, u bilan doim birga yuramiz. Do‘stim velosipedimdan foydalanib turardi. Bir kuni bemor ko‘rgani qishlog‘imizdagi kasalxonaga kirdik. Bemor oldida gaplashib turgan edik. Do‘stimni zarur ishi chiqib qoldi. U so‘ramasdan oldin men o‘zim velosipedni kalitini berdim. Shunda u minib ketdi va yo‘lda baxtsiz hodisa bo‘ldi. Do‘stimni mashina urib yubordi. Alloh saqladi do‘stimga jiddiy zarar etmadi. Velosid esa buklanib ketdi. Haydovchi “velosipedni to‘g‘rilab beraman”, deb va’dalar berib “ariza qilmang” deb yalindi, ariza qilinmadi. Oradan vaqt o‘tib haydovchi va’dasini unutdi. Men esa operatsiya bo‘lib yotib qoldim. Mendan haqdor tanishim qarzimni berishimni so‘radi. Tanishlardan pul olib qarzimni uzdim. Vaqtinchalik ishga yaroqsiz bo‘lib qolgandim. “Hadis va hayot” kitobida ijaraga olingan buyumga zarar etsa, zarar etkazgan foydalanuvchi to‘laydi deyilgan ekan.(Vallohu a’lam) Do‘stim menga pul berdi “qarzingni to‘la” deb. Velosipedni ustalarga eplama qilib to‘g‘rilatib oldi va velosiped do‘stimga qoldi. Shu bo‘lib o‘tgan ish to‘g‘ri bo‘lganmi? Noto‘g‘ri bo‘lsa to‘g‘risini aytib beringlar iltimos
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Velosiped savdo qilinib do‘stingizga o‘tgan bo‘lsa, bu ish to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Velosiped savdo qilinib do‘stingizga o‘tgan bo‘lsa, bu ish to‘g‘ri. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar