G‘oyib janoza
Assalomu alaykum! Bir maruzada g‘oyib janoza haqida eshitib qoldim. Unda aytilishicha bizning mazhabda bu narsa yo‘q ekan. Lekin boshqalarda bor. Iltimos shu haqida to‘liq ma’lumot bersangizlar. Bu narsa qaysi hadisdan olingan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم نَعَى النَّجَاشِيَّ فِي الْيَوْمِ الَّذِي مَاتَ فِيهِ، وَخَرَجَ بِهِمْ إِلَى الْمُصَلَّى فَصَفَّ بِهِمْ، وَكَبَّرَ عَلَيْهِ أَرْبَعَ تَكْبِيرَاتٍ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Najoshiy vafot etgan kuni uning o‘limi xabarini etkazdilar va ular bilan namozgohga chiqib, ularni saflab, unga to‘rt takbir aytdilar».حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سِنَانٍ، حَدَّثَنَا سَلِيمُ بْنُ حَيَّانَ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ مِينَاءَ، عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم صَلَّى عَلَى أَصْحَمَةَ النَّجَاشِيِّ فَكَبَّرَ أَرْبَعًا. وَقَالَ يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ وَعَبْدُ الصَّمَدِ: عَنْ سَلِيمٍ: أَصْحَمَةَ. وَتَابَعَهُ عَبْدُ الصَّمَدِ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ashama Najoshiyga janoza o‘qib, to‘rt takbir aytdilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Ushbu hadisdan imom Shofe’iy va imom Ahmad ibn Hanballar g‘oyibona janoza o‘qishni joizligiga dalil qilganlar. Alloma Xattobiy : “Bir kishi vafot topib, uni yon atrofida janoza o‘quvchi bo‘lmasligi sharti ila hoyibdan janoza o‘qish mumkin” deganlar. Shofe’iylardan Ro‘’yoniy ham bu qavlni ma’qullaganlar. Ibn Hibbon rahmatullohi alayh : “Janoza qibla tarafda bo‘lishi sharti bilan g‘oyibdan o‘qish joiz. Agar janoza qibla tarafdan boshqa tarafda bo‘lsa, g‘oyibona janoza o‘qilmaydi” deganlar. Hanafiy va molikiylar nazdida g‘oyibona janoza namozini o‘qish mashru’(shariatda yo‘lga qo‘yilgan) emas. Najoshiyning voqe’asiga keladigan bo‘lsak, bu uning o‘ziga xos bo‘lgan. Chunki u musulmon podshoh bo‘lib, eng qiyin holatda musulmonlarga katta yordam qilgan. Vafot qilgan paytida unga janoza o‘qiydigan birorta kishi bo‘lmagan. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvarada turib, Habashistondagi Najoshiyga janoza namozini o‘qiganlar. Ko‘plab rivoyatlarda mo‘jiza tarzda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Najoshiy orasidagi parda olinib, uzoqni yaqin qilingan. Hatto janoza Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qarshilarida ko‘rinib turgan – deyilgan. Ibn Abbos roziyallohu anhudan Vohidiy rivoyat qilngan hadisda: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Najoshiyning jasadi qo‘yilgan taxta (suffa) kashf qilindi. Hatto uni ko‘rdilar va unga janoza o‘qidilar" deyilgan. Bu kabi g‘oyibona janoza o‘qilishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xos va u zot bilan mayyit orasidagi masofa qisqartirilgani haqidagi rivoyatlar juda ko‘p. Alloma Abdulhaq Dehlaviy rahmatullohi alayh : Najoshiydan boshqalarga ham g‘oyib janoza o‘qilganligi haqidagi hadislarning isnodlari to‘g‘risida turlicha tanqidlar aytilganini bildirganlar. Mayyit qabrga qo‘yilib, tuproq tortilgach, unga namoz o‘qilmagani ma’lum bo‘lib qolsa yoki bir necha kun o‘tib, aksar gumoni mayyitning jasadi chiriy boshlamagan, deb hisoblasa, qabrining ustida janoza namozi o‘qiladi. G‘isht trilib, tuproq tortilishidan oldin esga tushsa, mayyitni olib, janoza o‘qib, so‘ng dafn qilinadi . [1] Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Uhud shahidlari qabri ustida, dafnlaridan ancha keyin janoza o‘qiganlari bunga yaqqol dalil bo‘ladi. Zotan, ularga hali janoza namozi o‘qilmagan edi. G‘oyib(jasadi hozir bo‘lmagan inson)ga namoz o‘qishning hukmi Hanafiy mazhabi ulamolari: «G‘oyibga janoza o‘qish joiz emas», deydilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Habashiston podshosi Najoshiyga o‘qigan namozlarini esa faqatgina u zotga xos, deydilar. [1] Ibn Obidin, «Roddul-Muhtor». Dorul-Kutubul-ilmiyya 1994. –J. 3, –B. 125. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 162 | Hadislar