Zakot bizga farzmi
,58 AQSh dollari miqdorida qarzini uzdi. 1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Zikr ahlidan so‘rang” kitobida ta’kidlanishiga asosan: mening holatimda molim o‘zida “to‘liq mulk” va “o‘sish” shartlarini mujassam qilmagan va bu moldan zakot chiqarish farz bo‘lmaydi. Qarz to‘liq (yoki nisob miqdorichasi) qaytgan kunidan boshlab ko‘rsatilgan shartlar mavjud bo‘ladi va moldan zakot chiqarish farz bo‘ladi, farz bo‘lmagan yillar uchun, ya’ni o‘tgan muddat uchun zakot chiqarilmaydi, qaytib qo‘liga tekkan paytdan boshlab hisob qilinadi, desak to‘g‘ri bo‘ladimi? Boshqacha bo‘lsa, tushuntirib bersangiz? 2. Agarda qarzdor qarzini tugagunicha faqat har oyda to‘lash yo‘li bilan qarzidan qutulsa (o‘rtacha bir oyda bir million so‘m miqdorida) qarz berganga zakot chiqarish vojib bo‘ladimi? Agar vojib bo‘lsa uni hisoblab chiqarish va berish hukmi qanday bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qarz ham oluvchi tan olib tursa haqdorning boyligi hisoblanadi. To‘lashga imkoniyati bor shaxs bo‘lgani uchun nomi boru, lekin o‘zi yo‘q pul deyilmaydi. Bunday holatda haqdor qo‘liga tekkan har bir hissadan o‘tgan yillari uchun 40dan 1 qilib zakot chiqaradi. Masalan 1-yilga 40dan 1 chiqsa 39 qoladi. Keyingi yiliga 39ning 40dan birini, keyingi yiliga undan qolganidan 40dan birini ajratib beradi. 2). Vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar