Qo‘qonda marhumning uyida o‘tkaziladigan «jumalik» haqida
Yaqinda onam vafot etdilar. Bizning Qo‘qon shahrida 40 kungacha juma kunlari marhumning yaqinlari, qo‘ni qo‘shnilar kirishadi. Marhumni eslab, duoi fotiha qilishadi. Biz ularni motam yoki yig‘i sig‘i qilmasdan, yaxshi kutib olamiz. Ba’zilar aytishicha, bu jumalik Islomda yo‘k va bunday qilish noto‘g‘ri ekan. Lekin onamning qadrdonlari, quda andalar kelib, hol ahvol so‘rashi va marhumning haqqiga duo qilishining nimasi yomon? Aksincha bo‘lsa, maslahatingizni ayamang va meni shubha gumonlardan qutqarasiz degan umiddaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariat bo‘yicha bu yoki u munosabatda nima qilish kerakligini har kim o‘zi belgilab olmaydi. Balki har bir narsani Alloh taoloni shariatida ko‘rsatilganidek qilinadi. Sizlar qilayotgan ish shariatda ko‘rsatilmagan. Shuning uchun bu ishni qilishingiz bid’at bo‘lib qoladi. Marhumning haqiga hamma o‘z uyida o‘tirib duo qilsa bo‘laveradi. Albatta, Juma kuni va mayyitning uyida va qirq kun bo‘lishi shart emas. Har kuni, har kim o‘zi turgan joyida, yillar davomida duo qilsa yaxshi bo‘ladi. Sizlar qilayotgan ish keyinchalik, aslini bilmagan odamlarda, shariatda shunday qilish amr qilingan ekan, degan hayolga olib borishi mumkin. Ko‘pgina bidat va xurofotlarning asli shunga o‘xshash narsalardan boshlangan.
27 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 193 | Ibodatlar