Minnat bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Bir kishiga ko‘p (yillar davomida) yaxshilik qilib evaziga shunga yarasha javob olmasam qilgan yaxshiliklarni eslatib qo‘ysam yaxshiroq muomalaga loyiqligimni aytsam savoblardan quruq qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quruq qolasiz. Alloh taolo ba’zi bir ishlarga ulug‘ ajr-savoblarni va’da qilgan. Shulardan biri qiynalgan mo‘minlarga yordam berishdir. Alloh taolo bandaning bu ishni O‘zining roziligi uchun qilganmi yoki yo‘qligini o‘zini og‘zidan chiqartirib qo‘yadi va maqsadini o‘ziga bildirib qo‘yish uchun qattiq sinovlarga duchor qiladi. Natijada yoki bu ishni Alloh uchun qilganligi, yoki o‘zining manfaati uchun qilgani ma’lum bo‘ladi. Avvalo har bir yaxshi ishni qilishdan avval niyatni go‘zal qilish kerak. Ishni qilib bo‘lganidan keyin sinovga duchor bo‘lganida “Men bu ishni Alloh uchun qilganman, savobini ham Allohdan umid qilaman” deyishi kerak. Yaxshilik qiluvchi yaxshilik qilingan insondan zarracha ham narsani umid qilmasligi kerak bo‘ladi. Mabodo yaxshilik qilingan tomonidan sinov va imtihonlarga uchrasa, “Senga shuncha yaxshilik qilgandim, sendan ko‘rganim shu bo‘ldimi” kabi gaplar bilan amalini habata qilib qo‘ymasin. Bunday holatlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari va Alloh tavfiq bergan zotlar Alloh taoloning “Inson” surasidagi oyatlariga amal qilganlar. وَيُطْعِمُونَ الطَّعَامَ عَلَى حُبِّهِ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا 8. O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, etim va asirlarga berarlar. إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ اللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمْ جَزَاء وَلَا شُكُورًا 9. «Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Va sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz.
Demak, chin mo‘min ikkinchi bir birodariga yaxshilik yoki yordam qilganida fiysabilillah, ya’ni Alloh yo‘lida qilmog‘i lozim ekan. Qilgan yaxshiligi evaziga tama talab qilish Alloh taoloning g‘azabini keltiradigan va ul bandani munofiqqa aylantiradigan amallardandir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar