Nikox xaqida

Assalomu alaykum! Men turmush qurishdan avval ismimni o‘zgartirganman. Mulla amaki tanlagan ismimni aytib qulog‘imga azon aytib isming o‘zgardi endi dedi. Lekin xech kim u ism bilan chaqirmagach ismim o‘zgartirilgani o‘zimniyan esimdan chiqib ketgan ekan. Diniy bilimim juda kam bo‘lgan o‘shanda. Lekin turmushga chiqayotganimda yoshligimda qo‘yilgan eski ismim bilan nikox o‘qitilgan. Endi meni bir savol qiynayapti o‘shanda nikox bog‘langanmi yoki yo‘qmi? Xozir ajrashganman, lekin erim talog‘imni bermayapti. O‘zi boshqa oilali bo‘lib yashayapti. Men boshqa turmush qurish uchun undan talog‘imni olishim shartmi yoki ismimni o‘zgartirganim sababli o‘zi nikox bog‘lanmaganmi o‘rtamizda? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Talog‘ingizni olishingiz shart. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar