Qur’on bilan davolash

Assalomu alaykum! 3-4 yil oldin menga yara chiqqandi. Dori-darmonlar bilan xam ketmadi. Keyn maxallamizda Qur’on bilan yaralarni davolaydigan kishiga borganimda, 3 kunda ketdi. U kishini aytishicha, unga Alloh yaralarning nechta ekanini ko‘rsatar ekan. Lekin juma kuni o‘qimas ekan. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Borsam to‘g‘ri bo‘ladimi? Chunki 1 oydan beri labimda yara (gerpes) ketmayapti, nima qilay? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz kishini tanimaymiz, u kishi haqida biror narsani aytishimiz ko‘r-ko‘rona ish bo‘ladi. Siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan duoni o‘qing. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan savol-javobni o‘qing https://savollar.islom.uz/s/27

26 May 2022, 00:02 | Savol-javoblar | 136 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar