Telegramda kelgan xabar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar telegram tarmog‘ida aksariyat gruppalarda Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni eyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi. "Kavsar" surasini o‘qimoqlik esa, taomni lazzatli bo‘lishiga vasila bo‘ladi. "Attahiyotu" ni o‘qimoqlik, taomni barakotli bo‘lishiga vasila bo‘ladi. I N Sh A A L L O H ! Ayollaringizga aytinglar taom pishirayotgan vaqtda tahoratli va robitali bo‘lsinlar. Bu xilda pishgan taomda zulmat bo‘lmas. Badanga shifo, qalbga davo bo‘ladi! Ibodatga quvvat, iymonga nur buladi degan habarlar tarqalmoqda shular ishonchlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bular biror oyat yoki hadislarda kelmagan. Tajriba orqali bilingan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar