Bog‘chadan keladigan pul

Assalomu alaykum! 1) Hozirda o‘z uyidan xususiy bog‘cha ochish biznesi rivojlanayapti. Bunda davlat o‘sha biznes egasiga bog‘cha necha kishilik bolalar uchun ochilgan bo‘lsa shunga qarab pul to‘lar ekan. Masalan: 25 kishilik uchun 5 million // 50 kishilik uchun 10 million va hokazo. Agar 50 o‘rinlik bog‘cha ochilsa va o‘sha bog‘chada bir necha oylar davomida 25-35 ta bola bo‘lib tursa, davlat tomonidan (yo‘q bolalar uchun ham) biznesmenga beriladigan pul halol bo‘ladimi? 2) Va bolalar uchun tayyorlanadigan ovqatdan uy egalari iste’mol qilishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Davlat tarafidagi mas’ul xodimlardan so‘rang. Ularning qoidalariga ko‘ra shu holatda ham pul ajratish ko‘zda tutilgan bo‘lsa olayotgan pulingiz siz uchun halol. Unday bo‘lmasa davlatga qaytarishingiz lozim bo‘ladi.2). O‘sha taomlar bolalarning haqqi bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 204 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar