Turmush o‘rtog‘im lo‘lilarni kofir deydi
Assalomu alaykum! Men berayotgan svolim haqida izlab ko‘rdim lekin tushunmovchilik bo‘lgani uchun savol berishga to‘g‘ri keldi. Bir necha kun avval uyimizga bir tilanchi ayol kelgan edi. Keyin turmush o‘rtog‘im unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘ldi va bular musulmonmas. tilanchilikni o‘zlariga kasb qilib olgan. Musulmon unaqa bo‘lmydiku dedi. Men mayli shunda ham musulmonmas demang dedim. Lekin baribir aytganida turib oldi. Yana turmush o‘rtog‘im dindagi radikal guruhlarga nisbatan ham shunday munosabatda. Musulmonni kofir deb o‘ldirgan odam qanday musulmon bo‘ladi deydi. Haligi ayolning etiqodi ham nomaʼlum, lekin rostdan ham och qolganidn so‘rab kelganga o‘xshamaydi hamma lo‘lilar qatori. Shunga o‘ylanib qoldim agar musulmon bo‘lsachi, unda erim dindan ajrab qolmaydimi? Biror ilmli kishiga borishlikni maslahat berasiz ammo unday kishini topa olmaymizda shuning uchun iltimos javob bersangiz? nikohimizni qaytadan o‘qitamizmi? Lekin kofir so‘zini ishlatmadiyu musulmon emas dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Modomiki Allohni, rasulini va dinimiz iymonga shart qilgan narsalarni inkor qilmas ekan musulmonmas deyish mumkin emas. Shuning uchun bu kabi masalarda ehtiyot bo‘lish kerak. Biror ishni qilgan kishini kofir bo‘ladi deyish bilan aniq bir kishiga kufrni nisbat berishda farq bor. Shuning uchun musulmon kishi boshqa kishidan kufrga dalolat qiladigan ishni ko‘rsa ham uni kufrda ayblashga shoshilish kerak emas. Balki o‘sha kishiga bu ish noto‘g‘ri ekanligini tushuntirishi kerak. Agar inkor qilsa, unda kofir bo‘ladi. Lekin bu ish oddiy musulmonning ishi emas, balki shunga mas’ul bo‘lgan qozilarning vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan musulmon boshqa kishini kofir demaydi. Sizning turmush o‘rtog‘ingizni gaplari, musulmonning ishi emas degan qabilda bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham kofir degan gapni aytmaganlar. Ana shunday holat yuz bersa, bu gapni gapirgan kishini adabini beriladi. U kishi dindan chiqib qolmaydi. Nikohni qayta o‘qitishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam! Musulmonni kofir deyishning hukmini quyidagi linkda berilgan maqoladan bilib olasiz.https://islom.uz/maqola/169
9 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar