So‘galga davo
Assalomu alaykum! So‘galni davosi haqida savol bermoqchi edim. Dadamga odamlar islik olib kelib sogalga davo sorashadi. Shunda biz uyimizga yaqin bolgan qabristondagi yosh qayragochni ostidagi tuproqdan olib bemorga beramiz va shu tuproqni kunda bir yoki ikki marta surtib, surtish davomida to‘kilgan tuproqni oqar suvga oqizish kerakligini aytamiz va bemor odam olib kelgan islik yani ozroq ovqat uchun etarlik mahsulotlardan kechki ovqat tayyorlab istemol qilamiz shundan so‘ng dadam qur’on oqib haligi bemorni haqqiga duo qiladilar. Lekin bilmayman shu sugal bilan ogrib kelganlarning kopi 80% tuzalganligini aytishadi. Aytinlarchi bu ishimiz to‘g‘rimi ? Tibbiy uol bilan sogalni yoq qilsa boladi lekin bunda sogaldan umurbodga chandiq qoladi shuning uchun odamlar koproq bizga murojat qiladi iltimos nima qilsak boladi bu ishni toxtatsak to‘g‘rimi yoki Alloh uchun Alloh shifo bersin deb davo. Ettirish kerakmi hayronman. Uydagilarga buni toxtatish kerakligi haqida aytsam odamlarning ozi iltimos qilib kelishyapti qaytarolmayapmiz deyishyapti . Nima qilish kerak ? Ha bu narsani fatvoni bir ayol dadamga bergan u ozi bir tovub odamlarni qandaydir gayti oddiy yol bilan davolaydi insu jinslar bilan men unga ishonmayman lekin insonlar qabristondagi tuproqdan surtsa shu badanga chiqqan sugallar hech qanday issiz yoq bolib ketishiga ishonishadi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dadangizga ayting keluvchilar “islik” deyishmasin. So‘galni davolaymiz, evaziga haq deb olinglar. Undan osonroq yo‘li bor, shotutning barkigini uzsangizlar oq suti chiqadi. O‘shandan bir necha bor surtsanglar so‘gal tag-tugi bilan qurib bitadi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 174 | Tabobat