Suyanmasdan uxlasa tahorat ketadimi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, inson xech narsaga suyanmasdan o‘tirib qasddan uxlasa taxorat buzilmasligi xaqida baxslashib qoldik. Agar suyanib uxlasa buziladi buni o‘qidik, masalan masjidda xech narsaga suyanmasdan o‘tirib qasddan uxlasa odamlar uyg‘otib yuborsa xam yana qayta uxlasa taxorat buziladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘liga yoki tizzasiga suyanib uxlasa ham suyangan hisoblanadi. Tizzasiga ham suyanmasdan qo‘lini tashlab uxlasa tahorat sinmaydi, albatta el chiqqani aniq bo‘lmasa. Ya’ni yonidagilar hidi va ovozini sezishmasa. Ammo suyanmasdan uxlagani bilan agar el chiqib ketsa baribir tahorat sinadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 183 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar