Oilamdagilar mahrammi

Assalomu alaykum! Inshoolloh hijob o‘ramoqchiman. Hijob haqida kerakli bilimlarni o‘rganishga harakat qilyapman. Bir savol meni qiynayapti. Ayol kishi eridan, otasidan, erining otasidan, ukasidan, erining ukasidan va hokazolardan boshqa kimsalarga avratlarini berkitsinlar deyilgan. Bu qanday izohlanadi? Hijobga kirsam uyda erimni, qaynotamni, dadam, ukalarim oldida ro‘molsiz yursam joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hijob deb bir kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni yopsangiz bo‘ldi. Bu o‘ranish faqat nomahramlar orasida xolos. Mahramlar oldida xohlagan kiyimda yurishingiz joiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 175 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar