Uy sotishda makler haqi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men yashab turgan uyimni sotuvga qo‘ydim. Sotishga yordam berishda maklerlardan yordam so‘radim. Ular uyimga klient olib kelishyapti. 3 foiz xizmat haqqi evaziga. Agar mabodo klient maklerning oldida uyni olmayman deb, lekin aloxida qaytib kelib uyizni o‘zaro gaplashib arzonroqqa soting desa sotishga haqqim bormi? Yoki bunday qilsam maklerni haqqiga xiyonat bo‘ladimi? Oldindan javobingiz uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqqingiz yo‘q. U bilan boshida kelishib, makler olib kelgan mijozga usiz sotsanggiz maklerni xizmat haqqini bermagan bo‘lasiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَالَ اللهُ تَعَالَى: ثَلَاثَةٌ أَنَا خَصْمُهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ: رَجُلٌ أَعْطَى بِي ثُمَّ غَدَرَ، وَرَجُلٌ بَاعَ حُرًّا فَأَكَلَ ثَمَنَهُ، وَرَجُلٌ اسْتَأْجَرَ أَجِيرًا فَاسْتَوْفَى مِنْهُ وَلَمْ يُعْطِهُ أَجْرَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo: «Men qiyomat kuni uch toifaning xusumatchisi bo‘lurman: Men bilan (ahd) berib, keyin aldagan odamning, hurni sotib, bahosini egan odamning va mardikor yollab, ishlatib, haqqini bermagan odamning», dedi», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:30 | Savol-javoblar | 181 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar