Namozni buzadigan amallar

Assalomu alaykum! Men xufton namozini o‘qiyotganimda pashsha chaqyabdi. O‘zimni ulardan ximoya qilish uchun xarakat qilsam bo‘ladimi? Uch marotabadan ko‘p xarakat qilishga to‘g‘ri kelayabdi namozim buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pashshani haydash bilan namoz buzilmaydi. “Kifoya” kitobida:
Ko‘p amal qilish: ikki qo‘lga muhtoj bo‘ladigan yoki namozxon ko‘p hisoblaydigan, yoxud nazar soluvchi «Buni qilayotgan odam namoz o‘qimayapti», deb gumon qiladigan ish ko‘p amaldir.
Namozning amallaridan bo‘lmagan va namozni tuzatish uchun bo‘lmagan ko‘p amal namozni buzadi. Odatda ikki qo‘l bilan qilinadigan salla o‘rash, ko‘ylak kiyish, izor, shalvor kiyish, kamon otish kabi amallarni bir qo‘l bilan qilinsa ham namoz buziladi – deyilgan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 197 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar