Kafillik (garant)

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda Janubiy Koreya davlatiga viza olish uchun kafil talab qiliyapti. Xalq tilida garant deyiladi. Kafil turgan inson o‘z pasportini bir muddatga berib turadi va shuning uchun 500$dan 1000$gacha pul oladi. O‘zi boshqa xech nima xizmat qilmaydi. Bazilari kafilligi qabul qilinsa xam qilinmasa xam pasportini berib turgani uchun shu pulni oladi. Manna shu pul halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda qarz berganiga ustama olish joiz bo‘lmaganidek kafillikka haq olish ham mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar