Ko‘chadagi narsalarni tozalab qo‘ysa
Assalomu alaykum! 1). Ko‘chadagi birovlar tuflab ketgan tufliklarni burun axlatlarini oyog‘i bilan tozalab tashlasa jihod qilgan savobini oladi degan xadis bormi? 2). Men ishlayman, ota-ona xayotlar, o‘zimni halol ishlab topgan pulimdan erimga aytmasdan, yashirib, ularga yordam berib tursam menga gunoxmi?3). Kimyo i saodat duosi payg‘ambarimiz (s.a.v) tushgani rostmi? 4). Agar xijobga kirsamu ammo kengroq shimda va belimgacha tushib turadigan engi uzun koftada yursam bo‘ladimi yoki uzun koftayu yubka kiyish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu haqida quyidagi hadis bor. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْإِيمَانُ بِضْعٌ وَسَبْعُونَ أَوْ بِضْعٌ وَسِتُّونَ شُعْبَةً، فَأَفْضَلُهَا قَوْلُ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَأَدْنَاهَا إِمَاطَةُ الْأَذَى عَنِ الطَّرِيقِ وَالْحَيَاءُ شُعْبَةٌ مِنَ الْإِيمَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Iymon etmish nechta yoki oltmish nechta shu’badan iboratdir. Uning eng afzali «Laa ilaaha illalloh» demoq va eng kichigi, yo‘ldagi ozor beradigan narsani olib tashlash. Hayo, iymonning shu’basidir», dedilar». عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَيْنَمَا رَجُلٌ يَمْشِي بِطَرِيقٍ وَجَدَ غُصْنَ شَوْكٍ عَلَى الطَّرِيقِ فَأَخَّرَهُ، فَشَكَرَ اللهُ لَهُ فَغَفَرَ لَهُ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odam yo‘lda yurib ketayotib, tikanli shoxni ko‘rib qolibdi va uni yo‘ldan olib tashlabdi. Bas, Alloh unga shukr aytibdi va uni mag‘firat qilibdi», dedilar.
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam odamlarni bir necha fazilatli, savobli ishlarga targ‘ib qilmoqdalar. (“Hadis va Hayot” kitobidan).
2). Joiz.
3). Rost emas.
4). Nima kiysangiz ham kiyimning sharti topilsa bo‘ldi. Kiyimning shartlari ikkitadir. Ichi ko‘rinadigan shaffof bo‘lmasligi, a’zolarni bo‘rtib ko‘rsatadigan darajada tor bo‘lmasligi va avratlarni berkitib turishi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 158 | Hadislar