Piterda namoz vaqti

Assalomu alaykum! Alloh ilminggizni ziyoda qilsin. Savolim shuki Alhamdulillax men hozir Rassiyaning Sanpeterburg shahrida musofirman. Allohga shukurlar bo‘lsin 5 vaqt namoz o‘qiyman bu shaharda hozirda kunlar bulutli quyosh deyarli yo‘q men namoz vaqtlarini aniqlashga juda qiynalyapman. Keyin bunaday hollarda nima qilishlikni qanday yo‘l tutishni Shu sayt orqali siz ustozlarga savor yo‘lladim javobilani "Taqvimdan foydalinng degan javobilani oldim. Men Google ishtimoiy tarqmodan " https://namaz.today/sity/sankt-peterburg " shu saytga kirdim namoz vaqtlari yozilgan va jadvalda ko‘rsatilgan ekan sizlardan iltimos shu saytga kirib namoz vaqtlari to‘g‘ri berilganmi bilib bersangizlar. Shu taqvimga to‘liq ishonib namozimni ado etsam bo‘ladi. Savolim noo‘rin bo‘lsa Ming bor uzur. Javobiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nastroyki degan joyidagi “Opredelenie Asr (mazxab)” degani joyini Xanafiy qilib oling. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar