Allohning zimmasini buzmang

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bomdod namozini o‘qisa, u Allohning zimmasidadir. Demak, Alloh sizdan zinhor o‘z zimmasidagi narsadan biror narsani talab qilib qolmasin, yana uni idrok qilib, jahannam oloviga yuztuban otmasin». Muslim rivoyat qilgan. Boshqa rivoyatda: «Bas, Allohning zimmasini buzmang», deyilgan. Termiziy rivoyat qilgan. Iltimos shu rivoyatlarni sharhlab bersangiz, ma’nosiga uncha tushunmadim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh mo‘minlarga ba’zi bir ishlarni zimmalariga yuklatib, evaziga ularni jannatga kirishlarini, molini tortib olinishi, jonlarini o‘ldirilishi harom qilinganligini, obro‘sini to‘kishni harom qilganini zimmasiga oldi. Kim o‘z zimmasiga yuklatilganini qilmasa Alloh ham zimmasiga olganini qilmaydi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 143 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar