Pul chikarib berish

Assalomu alaykum, Ustoz! To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsangiz, men uchun qadrli bo‘lgan bir inson, asli kasbi shifokor ya’ni, ko‘z shifokori. Hurmatli ustoz savolim shuki, shu shifokor bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazib, ko‘zoynak taqish kerak bo‘lsa, shaxardagi maxsus ko‘zoynak sotadigan savdo markazlariga jo‘natadi. Agarda, shifokor jo‘natgan bemorlar, shu savdo markazidan ko‘zoynak sotib olsa, savdo markazi raxbari tomonidan belgilangan pul shifokor hisobiga tushadi. Ustoz, to‘liq va aniqroq javob bersangiz, shu pul shifokor uchun xalol bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri va tamasiz maslahat bersa, halol bo‘ladi. Ammo o‘ziga pul kelishi ilinjida kerakmas odamga ham ko‘zoynak tutasan, desa, albatta, falon joydan olasan desa, halol bo‘lmaydi.

5 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 156 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar