Oila rishtalari
Assalomu alaykum! Ilmingiz yanada etuk bulsin. Sizlardan bir tanishim iltimosi bilan so‘ramoqdaman. Tanishim qiz bola 21 yoshda, otasi 6 yil oldin vafot etgan ekan. Otasi bir firmada rahbar ekanlar, firmada otasining oka-singillari birga ishlashar ekanlar (oilaviy biznes). Otasning vafotidan so‘ng ammasi buxgalter bo‘lib ishlagan ekanlar, firmadan xammani ishdan bo‘shatib o‘zlashtirib olgan ekan, firma bu qizga meros qilingan ekan, qizning oilasi o‘rtahol oila, qiz turmush qilmagan, akasi turmush qurish niyatda ekan. Ammasi undan merosdan voz kechishni so‘ravotgan ekan, qizning nomida katta pul mablag‘ bor ekan, amma uni berkitar ekan, qiz 18 to‘lganda to‘lik merosni olishi mumkin deyilgan ekan. Ammasi qizdan pulni so‘rab kesa “mani sandaqa jiyanim yo‘q, san bilan rishtani uzaman” derkan. Firma rahbari vafot etgandang so‘ng qizni uyidagi nasalarni birin ketin olib chiqib ketilgan ekan. Qiz nima qilishga xayron, to‘yiga, akalarini turmushi uchun otasi yiqqan puldan olmoqda. Firma xaligacha ishlab kelmokda, tanishim nima qilsa o‘rtadagi rishta buzilmay pulni talab qilib olishi mumkin? Ammasi islomdan hech narsa tushunmas ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota o‘lgach barcha meros ayoli va farzandlarining o‘rtasida taqsim qilinadi. Farzandlar borligida singil(amma) merosxo‘r bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota o‘lgach barcha meros ayoli va farzandlarining o‘rtasida taqsim qilinadi. Farzandlar borligida singil(amma) merosxo‘r bo‘lolmaydi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 181 | Oila va turmush